«Bolalar ham bor» – Ukrainagi uruş qurbonlari soni maʼlum qilindi

«Bolalar ham bor» – Ukrainagi uruş qurbonlari soni maʼlum qilindi

Ukraina soğliqni saqlaş vaziri Viktor Lyaşko Rossiya hujumi oqibatida 198 kişi, jumladan, uç nafar bola halok bölganini maʼlum qildi.

«Afsuski, tezkor maʼlumotlarga köra, bizda bosqinçilik oqibatida 198 kişi halok böldi, ulardan 3 nafari bola, 1115 nafari yaralangan, şundan 33 nafari bolalar», — deb yozdi Lyaşko faysbukdagi sahifasida.

U bu qurbonlar faqat tinç aholi orasidami yoki harbiylar ham kiritilganmi, aniqlik kiritmagan. Ayrim Ukraina OAVlari vazir faqat tinç aholi haqida gapirayotganini yozişgan.

Bugun, 26 fevral kuni ertalab Ukraina prezidenti devoni janglarda rossiyalik 3500 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani haqida maʼlum berdi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi esa Ukrainadagi harbiy harakatlardagi yöqotişlar haqida biror marta xabar bermagan.

×