Janubiy Koreyaning Degu şahrida dahşatli jinoyat sodir böldi – kuyov qaynonasini öldirib, xotini bilan birga jasadni çamadonga solib daryoga taşladi. Bu haqda REN TV xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, 50 yoşli ayol qizi va kuyovi bilan yaşaş uçun ularning uyiga köçib kelgan. 20 yoşli kuyov esa qaynonasini yoqtirmay, bir neça oy davomida uni muntazam ravişda kaltaklab kelgan.
Oxir-oqibat, ayolning şovqinli va tartibsiz xulqini bahona qilib, kuyov uni ikki soatdan ortiq urib, tepib qiynagan va ayol köplab jarohatlar olib, vafot etgan.
Şundan söng, erkak jasadni çamadonga joylab, köça böylab sudrab borgan va daryoga uloqtirgan. Bu jarayonda uning xotini ham yonida bölgan.
Jasad topilgaç, politsiya tergov boşlagan va er-xotin qölga olingan. Erkak jinoyatini tan olgan.









