AQŞning Eronga uruşi qançaga tuşdi?

AQŞning Eronga uruşi qançaga tuşdi?

AQŞning Eronga qarşi “Epik ğazab” harbiy operatsiyasining dastlabki 100 soati taxminan 3,72 milliard dollarga tuşdi. Bu haqdagi maʼlumotni Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) tahlilçilari keltirib ötdi. 

Bu kunlik hisobda qariyb 891,4 million dollar sarf qilinganini anglatadi.

Tahlilçilar maʼlumotiga köra, xarajatlarning asosiy qismi Eron hududidagi nişonlarga zarba beriş uçun işlatilgan bombalar va raketalarga töğri keladi. Dastlabki 100 soat içida AQŞ harbiylari qöllagan öq-dorilar qiymati taxminan 3,1 milliard dollarga baholangan.

CSIS qayd etişiça, ayrim xarajatlar, masalan, harbiy texnikadan foydalaniş bilan boğliq sarflar allaqaçon mudofaa byudjetiga kiritilgan. Biroq köp qismi byudjetdan taşqari xarajatlar hisoblanadi va bu AQŞ Mudofaa vazirligidan qöşimça moliyalaştiriş talab qilişi mumkin. Bu mablağlar qöşimça byudjet ajratmalari yoki mavjud mablağlarni qayta taqsimlaş orqali qoplanişi tahmin qilinmoqda.

AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eron hududidagi obʼektlarga zarba berib, harbiy harakatlarni boşlagan. Bunga javoban Eron Isroil va Fors körfazi mintaqasidagi AQŞ ittifoqçilariga raketalar va dronlar uçirgan.

6 mart kuni AQŞ va Isroil harbiy qömondonligi uruşning “ikkinçi bosqiçi” boşlanganini eʼlon qildi. Bu bosqiçda yer osti omborlari, öq-dori işlab çiqariş zavodlari va raketa uçiriş şaxtalariga zarbalar berilişi rejalaştirilgan. Şu kuni tunda Northrop B-2 Spirit strategik bombardimonçilari ham operatsiyaga jalb qilingan va ular yer osti inşootlarini yöq qilişga möljallangan maxsus bombalarni qöllagan.


×