Ğazoda qum böroni vaziyatni oğirlaştirmoqda

Ğazoda qum böroni vaziyatni oğirlaştirmoqda

Keça, 13 fevraldan boşlangan qum böroni Ğazodagi gumanitar vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi. 

Maʼlumki, 2023 yildan beri davom etayotgan vayronkor hujumlar oqibatida minglab odamlar uy-joysiz qolgan va çodirlarda yaşaşmoqda.

Falastinlik meteorolog Layt al-Allamining maʼlum qilişiça, Liviya va Misrning şimoliy hududlarida yuzaga kelgan kuçli qum böroni şarqqa qarab siljib, Falastin hududlariga yetib kelgan. Avvalroq, u 13–14 fevral kunlari kuçli şamollar bölişi haqida ogohlantirgandi.

Falastin meteorologiya xizmati ham Afrikadan kuçli şamollar esişi, ayrim joylarda çang böronlari kuzatilişi mumkinligini bildirgan.

Ğazoda çangli va şamolli ob-havo çodirlarda yaşayotgan minglab odamlar uçun katta muammo tuğdirmoqda. Ayniqsa, nafas yöllari kasalligi bor insonlar uçun juda xavfli. Kuçli şamol çodirlarni ağdarib, odamlar soğliğiga zarar yetkazmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda kuçli şamol çodirlar va daraxtlarni qattiq silkitayotganini köriş mumkin.

Ğazo aholisi asosiy oziq-ovqat va dori-darmon yetişmovçiligi, sovuq ob-havo, böronlar va endi qum böroni sabab yanada qiynalmoqda. 2025 yil 10 oktyabrdan kuçga kirgan sulhga qaramay, Ğazodagi vaziyat hanuz oğirligiça qolmoqda.


Teglar:
×