Şumaxerning ahvoli yaxşilandi – OAV

Şumaxerning ahvoli yaxşilandi – OAV

“Formula-1” böyiça yetti karra jahon çempioni Mixael Şumaxer endilikda doimiy ravişda yotoqda yotmaydi. U hozirda hamşiralar yordamida uyida nogironlar aravaçasida harakatlana oladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Maʼlumki, 2013 yil dekabr oyida Şumaxer Alp toğlarida çanği uçiş paytida boş miyasiga oğir jarohat olgan va komaga tuşib qolgan edi. 2021 yilda Netflix platformasida namoyiş etilgan hujjatli filmda uning rafiqasi va öğli afsonaviy sportçi mustaqil harakatlana olmasligi hamda atrofdagilar bilan töliq muloqot qila olmasligini maʼlum qilgan.

Naşrning yozişiça, hozirda Şumaxer hamşiralar yordamida uyida nogironlar aravaçasida harakatlana oladi. 

Ayni paytda u Mayorka orolining Las-Brisas hududidagi ulkan qasrda parvarişlanmoqda. 

Xabarlarga köra, Şumaxer uyiga juda kam sonli mehmonlar kirişi mumkin bölib, ular orasida Ferrari jamoasining sobiq rahbari Jan Todt ham bor.

Ötgan yili Todt Şumaxerni tez-tez körib turişini, unga nisbatan juda iliq munosabatda ekanini va ular örtasidagi aloqalar ança şaxsiy tus olganini tan olgan edi.

2025 yil mart oyida RTL jurnalisti Feliks Gorner Şumaxerning ahvoli yomonlaşgani, u sözlaşni töxtatgani haqida xabar bergan edi. Şuningdek, u sportçining atrofidagi odamlar doirasi taxminan 20 kişidan iborat ekanini aytgan.


Teglar:
×