Keça, 11 dekabr kuni futbol böyiça Jahon çempionati öyin çiptalari sotuvining 3 bosqiçi boşlandi. Unda Özbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqiçidagi öyinlari uçun çiptalar narxi ham eʼlon qilindi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, Özbekiston milliy terma jamoasining Meksikadagi Kolumbiyaga qarşi öyin uçun çiptalar 1.299$ dan boşlanadi. Portugaliyaga qarşi öyin 998$ dan, 3-tur öyiniga esa narx 271$ dan belgilangan.
Çiptalarni xarid qiliş uçun dastlab FIFA’ning rasmiy platformasida ariza qoldirişlari söraladi. Özbekiston milliy terma jamoasi muxlislari ariza beriş jarayonida “My Team Uzbekistan” bandni tanlab, maxsus ajratilgan sektorlar böyiça çipta uçun sörov yuborişlari mumkin.
Çipta egalari kelasi yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi va tölovlar arizada körsatilgan karta maʼlumotlari asosida avtomatik amalga oşiriladi.
Ariza beriş 2025 yil 13 yanvarga qadar FIFA rasmiy platformasi orqali amalga oşiriladi.









