Joriy yilning 30 avgustidan 8 sentyabrigaça Toşkentda “CAFA Nations Cup-2025” musobaqasi bölib ötadi. Özbekiston milliy terma jamoasi iştirokidagi uçraşuvlar Olimpiya şaharçasida joylaşgan yangi stadionda ötkaziladi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, öyinlar soat 19:30 da boşlanadi. Şuningdek, guruhdagi boşqa uçraşuvlar “JAR” stadionida bölib ötadi. 8 sentyabr kungi final uçraşuviga esa “Olimpiya” stadioni mezbonlik qiladi.
Maʼlumot uçun, musobaqa mezboni sifatida Özbekiston “A” guruhidan örin olgan. Raqiblar: Qirğiz Respublikasi, Turkmaniston va Ummon. Özbekiston MTJ musobaqadagi iştirokini 30 avgust kuni Ummonga qarşi öyin bilan boşlaydi.









