AQŞ Davlat departamenti mehnat vizasiga murojaat qilganlarning LinkedIn sahifalarini körib çiqişni buyurdi. Nafaqat arizaçining, balki boşqa joyga köçib ötişga intilayotgan oila aʼzolarining ham hisoblari tekşiriladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, AQŞ Davlat departamenti konsullik xodimlariga H-1B işçi vizasiga daʼvogarlarning rezyumelari va LinkedIn profillarini körib çiqişni hamda söz erkinligini tsenzura qiliş bilan boğliq bölganlarning arizalarini rad etişni talab qiluvçi eslatma yubordi.
Özgartiriş barça işçi vizalariga taalluqlidir, ammo Davlat departamenti H-1B vizasiga alohida eʼtibor qaratdi, çunki bu tur texnologiya sohasida talabga ega.
Endi AQŞ diplomatik vakolatxonalari vizaga murojaat etuvçilar dezinformatsiyani tarqatiş, kontentni moderatsiya qiliş, faktlarni tekşiriş yoki internet xavfsizligi kabi sohalarda işlagan-işlamaganligini aniqlaydi. Nafaqat arizaçining, balki AQŞga immigratsiya qilmoqçi bölgan ularning oila aʼzolarining ham profillari tekşiriladi.
“Agar siz ariza beruvçining Qöşma Ştatlarda tsenzura yoki himoyalangan ifodani tsenzuraga uriniş uçun masʼul bölganligi yoki iştirokçisi bölganligi töğrisida dalillar topsangiz, arizaçini vizaga yaroqsiz deb eʼlon qilişga harakat qilişingiz kerak”, deyiladi eslatmada.
Sentyabr oyida AQŞ H-1B vizasi uçun tölovni 100 ming dollargaça oşirdi. H-1B vizasi yuqori malakali mutaxassislar uçun möljallangan bölib, u AQŞ kompaniyasidan iş taklifi olgan yuqori ixtisoslaşgan işçilar uçun mavjud. Ilgari kompaniyalar talab qilinadigan xorijlik mutaxassislar uçun ariza topşirişga taxminan 1500 dollar sarflagan bölsa, sentyabr oyida tölov 100 ming dollarga kötarildi.
“Kompaniya bir kişi hukumatga yiliga 100 ming dollar tölaş uçun qimmatli böladimi yoki u uyiga borib, uning örniga amerikalikni yollaşi kerakmi, degan qarorga kelişi kerak”, dedi AQŞ Savdo vaziri Govard Lutnik tölovning oşişiga izoh berar ekan.
Xabarda yozilişiça, AQŞ Prezidenti Donalʼd Tramp imzolagan farmon Vaşington va Nyu-Dehli örtasidagi munosabatlarga sezilarli taʼsir körsatişi mumkin, çunki 2024 yilda H-1B dasturi böyiça tasdiqlangan arizalarning 71 foizi Hindiston fuqarolari uçun bölgan.
Maʼlumot örnida, AQŞ avvalroq Yevropani tsenzurada ayblagan edi. Tramp 2025 yil yanvarida Oq uyga qaytganidan beri Amerika rasmiylari Yevropa davlatlarini bir neça bor tsenzura va söz erkinligini buzişda aybladi. Fevral oyida vitse-prezident Jeyms Devid Vens Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida şunday tanqidni aytdi va iyul oyida Davlat departamenti Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunini “Oruell” tsenzurasi bilan taqqosladi.
Bundan taşqari, sentyabr oyida Davlat departamenti Yevropa davlatlariga Jo Bayden davrida imzolangan özaro anglaşuv memorandumlarini bekor qiliş töğrisida xabar yubordi, bu ularga Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan tarqalgan dezinformatsiyani aniqlaş va rad etiş imkonini berdi.









