Özbekistonda ekologik nazorat kuçaytiriladi.
Prezidentning yangi qaroriga köra, tabiatga zarar yetkazganlarni faqat jarima bilan qutqarib böladigan davr tugadi. Ekologik huquqbuzarliklar yendi qatʼiy tartibda nazorat qilinadi.
Yangi tizim doirasida maxsus vositalar va bodi-kameralar bilan jihozlangan “Ekopolitsiya” tuziladi. Ular brakonerlik, noqonuniy daraxt kesiş va boşqa ekologik jinoyatlarga qarşi töğridan-töğri kuraş olib boradi.
Şu bilan birga, sanoat korxonalari öz hududida havo monitoringi stantsiyalarini örnatişi şart böladi — aks holda jarimalar 5 barobargaça oşiriladi.
2026 yildan esa tabiatga zarar yetkazganlik uçun har qanday imtiyoz va tölovdan ozod etiş bekor qilinadi.
Ekologik jinoyatçilikka qarşi yangi bosqiçdagi kuraş mamlakatda soğlom muhit yaratiş va aholi salomatligini muhofaza qilişga qaratilgani taʼkidlanmoqda.









