Şavkat Mirziyoyev AQŞ savdo vakili bilan uçraşdi

Şavkat Mirziyoyev AQŞ savdo vakili bilan uçraşdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonga amaliy taşrifi doirasidagi işbilarmonlik uçraşuvlarining navbatdagisi AQŞ savdo vakili Jeymison Grir bilan böldi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuvda qöşma loyihalar doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimining amaliy natijalari muhokama qilingan.

Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida barqaror surʼatda rivojlanib borayotgani taʼkidlangan.

Özaro savdoni köpaytiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişdagi muvaffaqiyatlar mamnuniyat bilan qayd etilgan. Ötgan yili tovar ayirboşlaş hajmi 1 milliard dollardan oşgan.

Özbekistonning JSTga aʼzo böliş jarayonini yakuniga yetkazişga oid masalalarda amaliy hamkorlikni kuçaytiriş va AQŞ tomonidan uşbu jarayonlarni yanada qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mahsulotlarni barqaror yetkazib beriş, texnik tartibga soliş va raqamli savdoga oid mintaqaviy yondaşuvlarni işlab çiqiş maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ örtasidagi Savdo va investitsiyalar böyiça hadli bitim (TIFA) doirasida hamkorlikni faollaştiriş taklifi bildirilgan.

Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti AQŞ savdo vakili Jeymison Grirni joriy yilning iyun oyida bölib ötadigan Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etişga taklif qilgan.


×