Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovni tanqid qilgan bloger Tumso Abdurahmonov tirik. U Germaniyaning Myunxen şahri sudida öz ukasiga nisbatan uyiştirilgan suiqasd yuzasidan guvohlik berişga tayyorlanmoqda. Bu haqda Myunxen sudi vakili Loran Laflerga tayanib, Şvetsiya radiosi xabar berdi.
“Men guvoh (Tumso Abdurahmonov)ning tirik ekanligi haqida maʼlumot olganimizni tasdiqlay olaman”, deydi Lafler. Biroq u özining suddagi vazifasini oşkor qilişdan boş tortgan.
Şvetsiya radiosi jurnalisti Laflerga Tumso Abdurahmonovning tirikligiga şubha borligini aytgan. Biroq u jurnalistga heç qanday şubhaga asos yöqligini bildirgan.
Ayni damda Myunxen sudi Tumso Abdurahmonovning ukasini öldirişni rejalaştirgan Germaniyadagi muhojirning işini körib çiqmoqda.
Qayd etiş kerakki, Tumso Abdurahmonov 2015 yilda Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning qarindoşlari bilan janjallaşib qolganidan keyin Rossiyani tark etgan. U Şvetsiyada siyosiy qoçqin maqomini olgan edi. Çeçenistonda Abdurahmonov IŞID bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. 2021 yil dekabrida Abdurahmonov Çeçenistonda töqqiz nafar qarindoşi öğirlab ketilgani haqida xabar bergan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 2 dekabr kuni Çeçen muxolifatining Telegram kanalida Tumso Abdurahmonovning öldirilgani borasida xabarlar tarqalgandi.









