“Oq mittilar” (köpçilik yulduzlarning evolyutsiyasidagi oxirgi bosqiç) uzoq vaqt davomida hayot mavjud bölişi uçun juda sovuq deb hisoblangan. Biroq Oklaxoma universiteti olimlarining yangi tadqiqoti şuni körsatdiki, bunday obʼektlarning ayrimlari muhitning sovişini uzoq muddatga – 10 milliard yilgaça sekinlaştirişi mumkin. Bu esa ularning atrofidagi sayyoralar avval öylanganidan ança uzoq vaqt yaşaşga yaroqli bölilişi mumkinligini anglatadi. Bu haqdagi tadqiqot “arXiv” portalida eʼlon qilindi.
Naşrning yozişiça, u bilan boğliq sir neon-22 ga (neon elementining izotopi) boğliq. U uglerod va kisloroddan keyin “oq mittilar” içki qismida eng köp tarqalgan element hisoblanadi. Agar uning uluşi massa böyiça kamida 2,5 foizni taşkil etsa, yadroning içida “distillyatsiya” jarayoni boşlanadi. Kristallaşayotgan sohalar neondan uzoqlaşib yengillaşadi, yuqoriga kötarilib eriydi va ulkan miqdorda gravitatsion energiya ajratadi.
Olimlar Hypatia katalogidagi qariyb 4 ming yulduz evolyutsiyasini modellaştirib, natijalarni Gaia kosmik teleskopi kuzatuvlari bilan soliştirgan. Maʼlum bölişiça, massiv “oq mittilar”ning taxminan 6 foizi haqiqatdan ham sovişini sekinlaştiradi va yorqinlik diagrammalarida xos töplaniş – şunday ataluvçi Q-şoxni hosil qiladi. Ularning haqiqiy yoşi yorqinligiga qaraganda ança katta bölib çiqadi.
Bunday “muzlab qolgan” kosmik obʼektlar eng köp galaktikaning markaziga yaqin hududlarda uçraydi, çunki u yerda metall miqdori yuqori bölgan yulduzlar köproq va şunga mos ravişda yetarli miqdorda neon-22 yiğiliş ehtimoli ham katta. Somon yölining çekka qismlarida esa ular deyarli sakkiz baravar kamroq uçraydi.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, “oq mittilar” hayotni izlaş uçun ança istiqbolli nomzod obʼektlar. Ularning yaşaş zonalari barqaror va uzoq muddatli, potentsial sayyoralarning orbitasi esa yulduzdan uzoqroqda joylaşgan bölib, bu kuçli gelgit kuçlarining vayronkor taʼsirini kamaytiradi.
“Oq mittilarni” biz odatda yulduzlarning ölik qoldiqlari sifatida qabul qilamiz, ammo aslida aynan ular hayot mavjud bölişi uçun eng uzoq muddatli va işonçli şaroitlarni taklif qilişi mumkin”, deydi tadqiqotçilar.









