17 yoşli qiz özidan 2 yoş katta sevgilisini qul qilib sotib yubordi

17 yoşli qiz özidan 2 yoş katta sevgilisini qul qilib sotib yubordi

Xitoyda 17 yoşli qiz özining 19 yoşli sevgilisini Myanmadagi firibgarlarga 14 ming dollarga qul sifatida sotib yubordi. Bu haqda “Thaiger” naşri xabar berdi.

Naşrga köra, yigit va qiz billiardxonada tanişgan. Suhbat davomida qiz özining Myanmadagi badavlat ota-onasi haqida maqtanib, yigitga iş topişda yordam berişni vaʼda qilgan. “Muhabbat azobida” qolgan yigit bunga rozi bölib, joriy yilning fevralida sevgilisi bilan Bangkokka borgan.

Keyin ular Tailand va Myanma çegarasiga yöl olgan, ammo yölda ular özaro janjallaşib qolgan. Şu payt yigitga qurollangan şaxslar hujum qilib, uning telefon va pasportini tortib olgan. Keyingi tört oy davomida yigit asirlikda saqlangan. Uni muntazam ravişda soçlarini qirib taşlaşgan va onlayn firibgarlik bilan şuğullanişga majbur qilişgan. Meʼyorni bajarmaganida esa beliga temir tayoq bilan urişgan. Doimiy qiynoqlar oqibatida yigit 10 kilogrammdan ortiq vazn yöqotgan va qisman eşitiş qobiliyatidan ayrilgan.

Bu orada bosqinçilar yigitning oilasi bilan boğlanib, 48 ming dollar miqdorida tovon talab qilgan. Tört oy içida kerakli mablağ yiğilib, yigit ozod qilingan. Öşa paytda qiz Tailandda hordiq çiqarayotgan bölgan va Xitoyga qaytganida qölga olingan. Unga firibgarlik va odam savdosi böyiça ayblov qöyilgan.

“U atigi 17 yoşda. Kim öylabdi, u bunday yovuzlikka qöl uradi deb? U şunday jirkanç işlarni qila olişiga aql bovar qilmaydi”, deydi jabrlanuvçining singlisi.


Teglar:
×