Endi Özbekiston hududida jismoniy yoki yuridik şaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) köpaytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinişi hamda röyxatga olinişi kerak. Bu keça, 6 avgust kuni qabul qilingan “Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş töğrisida”gi qonunda belgilangan.
Qonunga köra, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi mazkur sohada vakolatli davlat organ hisoblanadi.
Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qiliş va röyxatga olişning quyidagi muddatlari belgilangan:
- qoramol, köy, eçki va tuyalar – tuğilganidan 14 kundan keyin;
- otlar – tuğilganidan 4 oydan keyin;
- çöçqalar tuğilganidan – 1 oydan keyin;
- itlar va muşuklar – tuğilganidan 3 oydan keyin.
Bunda hayvonlar körsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi va röyxatga olinişi kerak.
Saqlaş va (yoki) köpaytiriş maqsadida Özbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan eʼtiboran 21 kundan keçiktirmay identifikatsiya qilinişi lozim.









