Joriy yilning iyun oyida Özbekiston Markaziy banki dunyodagi eng yirik oltin xaridori böldi. Bu haqda Jahon oltin kengaşi (World Gold Council) hisobotida keltirilgan.
Xalqaro valyuta jamğarmasi va boşqa oçiq manbalar maʼlumotlariga köra, yozning birinçi oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin zaxirasini töldirgan. Yil boşidan buyon markaziy banklar tomonidan qimmatbaho metall zaxiralari jami 123 tonnaga oşgan.
Jahon oltin kengaşi maʼlumotiga köra, joriy yilning iyun oyida asosiy xaridor Özbekiston Markaziy banki bölib, bir oy içida 9 tonna oltin xarid qilgan. Qayd etiş joiz, regulyator bunga qadar tört oy ketma-ket oltin sotgan.
Ikkinçi örinda Qozoğiston Milliy banki. U 7 tonna oltin xarid qilgan. Şuningdek, Xitoy Xalq banki, Turkiya Markaziy banki va Çexiya Milliy bankining har biri 2 tonnadan oltin sotib olgan.
Şuningdek, 1 tonnadan oltin Gana, Qatar, Qirğiziston va Filippin markaziy banklari tomonidan xarid qilingan. Iyun oyida yagona yirik sotuvçi Singapur Pul-kredit boşqarmasi bölib, u 6 tonna oltin sotgan.
Şunga qaramay, Özbekiston 2025 yilning birinçi yarmida jami 18 tonna oltin sotib, hali ham eng yirik oltin sotuvçisi bölib qolmoqda. Ikkinçi örinda – 16 tonna bilan Singapur, uçinçi örinda esa ança ortda qolgan Rossiya Markaziy banki joylaşgan.
Yil boşidan beri eng köp oltin xarid qilgan davlat esa Polşa bölib, u 6 oyda 67 tonna oltin sotib olgan. Ikkinçi örinda 35 tonna bilan Ozarbayjon Davlat neft jamğarmasi, uçinçi örinda esa Qozoğiston (22 tonna) qayd etilgan.









