2025 yil 1 avgustdan boşlab byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oşiriladi. Bu Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2025 yil 2 iyundagi “Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida”gi PF-91-son farmonida belgilangan.
Farmonga muvofiq, pedagoglar 2025 yil 1 avgustdan quyidagiça oşirilgan miqdorda oylik maoş oladi:
Maktab direktori:
- 5 mln 166 ming 485 söm (400 öquvçigaça);
- 5 mln 516 ming 559 söm (401-880 öquvçigaça);
- 5 mln 849 ming 691 söm (881-1600 öquvçigaça);
- 6 mln 187 ming 933 söm (1600dan ortiq).
Direktor örinbosarlari: (MMIBDÖ, ÖTIBDÖ)
- 4 mln 825 ming 345 söm (400 öquvçigaça);
- 5 mln 166 ming 485 söm (401-880 öquvçigaça);
- 5 mln 516 ming 559 söm (881 -1600 öquvçigaça);
- 5 mln 849 ming 691 söm (1600dan ortiq).
Direktorning xöjalik işlari böyiça örinbosari:
- 1 mln 957 ming 858 söm (400 öquvçigaça);
- 2 mln 233 ming 302 söm (401-880 öquvçigaça);
- 2 mln 322 ming 127 söm (881 -1600 öquvçigaça);
- 2 mln 515 ming 091 söm (1600dan ortiq).
Psixologlar:
- Oliy maʼlumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 söm;
- Ikkinçi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 söm;
- Birinçi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 söm;
- Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 söm.
Öqituvçilar:
- Örta maxsus maʼlumotli öqituvçi – 3 mln 468 ming 585 söm;
- Oliy maʼlumotli öqituvçi – 3 mln 729 ming 906 söm;
- Ikkinçi toifali öqituvçi – 4 mln 175 ming 834 söm;
- Birinçi toifali öqituvçi – 4 mln 653 ming 151 söm;
- Oliy toifali öqituvçi – 5 mln 142 ming 053 söm.
Kadrlar böyiça menejer:
- 1 mln 758 ming 372 söm.
Kutubxona mudiri:
- Örta maxsus maʼlumotli – 2 mln 349 ming 447 söm;
- Oliy maʼlumotli – 2 mln 563 ming 442 söm.
Eslatib ötamiz, joriy yil 15 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oşiriş hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida Özbekistondagi maktablarda 60 ming öqituvçi hozirda 8-12 million söm maoş olayotgani maʼlum qilingandi.









