Dunyo aholisining yarmidan köpini ayollar taşkil etsa-da, ular hanuz erkaklarga nisbatan örtaça 23 foiz kam maoş olmoqda. Bundan taşqari, dunyodagi rahbarlik lavozimlarining atigi 31 foizdan sal köproğini ayollar egallaydi. Bu haqda BMT eʼlon qilgan yangi maʼlumotlarda söz boradi.
Xalqaro mehnat taşkiloti hisob-kitoblariga köra, 2025 yilda ayollarning atigi 48 foizi rasmiy mehnat bozorida iştirok etgan. Erkaklarda esa bu körsatkiç 73 foizni taşkil qilgan. Şu bilan birga, haq tölanmaydigan parvariş va uy yumuşlarining törtdan uç qismidan ortiği ham ayollar zimmasiga töğri kelmoqda.
Maʼlumotlarga köra, ayollar boşqaruv lavozimlarining qariyb 38 foizini, rahbarlik lavozimlarining esa 31 foizdan sal köproğini egallaydi. Iqtisodiyot va innovatsiyalar rivojiga taʼsir qiluvçi muhim tarmoqlarda esa bu körsatkiç yanada past.
BMTning Inson huquqlari böyiça idorasi vakili Peggi Xiksning aytişiça, ayollar uçun yetakçilik sari yöl hamma uçun bir xil emas.
“Baʼzi ayollar uçun yetakçilik poğonasi tik. Boşqalar uçun esa u buzilgan. Köpçilik uçun esa u umuman mavjud emas”, deydi u.
Hisobotda qayd etilişiça, ayollar hali ham işga qabul qilişdagi tengsizlik, gender stereotiplari, iş joyidagi tazyiq va zöravonlik, şuningdek, haq tölanmaydigan uy işlari tufayli martaba qilişda jiddiy tösiqlarga duç kelmoqda.
Şunga qaramay, ayrim davlatlarda vaziyat ijobiy tomonga özgarmoqda. Jumladan, Marokaşda ayollarni rahbarlikka tayyorlaş dasturlari natijasida vazirlikdagi ayol rahbarlar uluşi qariyb 35 foizga yetgan. Tanzaniyada esa uy xizmatçilarining mehnat huquqlarini himoya qiliş va ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş böyiça islohotlar amalga oşirilmoqda.
BMT ayollarning qaror qabul qiliş jarayonlaridagi iştiroki gender tengligini taʼminlaş bilan birga iqtisodiy ösiş va jamiyat rivoji uçun ham muhim omil ekanini taʼkidlagan.









