Kosmosda yangi sayyora topildi

Kosmosda yangi sayyora topildi

Niderlandiyada joylaşgan Amsterdam universiteti olimlari TOI-2431 b nomli yangi sayyorani aniqladi. Bu haqda “Universe Today” xabar berdi.

Sayyora NASA’ning TESS teleskopi yordamida aniqlangan. Tadqiqotçilarning aytişiça, TOI-2431 b’da yil aylaniş davri hozirgaça aniqlangan sayyoralar orasida eng qisqalaridan biri hisoblanadi. Yer quyoş atrofini 365 kunda töliq aylansa, TOI-2431 b şu davrda 1600 martadan köp aylanadi. Bu Yerdagi bir yil 5,4 soatda ötib ketişini anglatadi.

Sayyora öz yulduziga juda yaqin – atigi 933 ming kilometr masofada (bu 0,0063 astronomik birlik) joylaşgan. Bu yaqinlik uning yuzasini 2000 kelvingaça (taxminan 1727 daraja S) qizdiradi. 

Garçi TOI-2431 b hajman Yerga öxşaş bölsa-da, uning boşqa xususiyatlari sezilarli farq qiladi. Jumladan, radiusi Yerning 1,5 barobariga, massasi esa 6,2 barobariga teng. Uning örtaça ziçligi 1 santimetr kub uçun 9,4 grammni taşkil etadi, bu esa Yer ziçligidan ança yuqori.

Yulduzning kuçli tortiş kuçi tufayli sayyoraning şakli ham özgargan – olimlarning hisob-kitoblariga köra, uning bir öqi ikkinçisidan 9 foizga qisqaroq, yaʼni TOI-2431 b yumaloq emas, biroz yassilaşgan şaklga ega.

Mutaxassislar fikriça, bu sayyora uzoq yaşamaydi. Hisob-kitoblarga köra, yana 31 million yil ötgaç, u öz yulduziga juda yaqinlaşadi va butunlay yöq bölib ketadi. 


×