Maişatbozlikka berilgan mansabdor işdan olindi

Maişatbozlikka berilgan mansabdor işdan olindi

Ötgan hafta Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani soliq inspektsiyasining boşliği Dilşod Usmonov iş faoliyatida guruhbozlikka va maişatbozlikka berilgani uçun işdan olinib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Qöriqlaş boşqarmasida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişida aytildi.


Qayd etilişiça, Toşkent şahrida yaşirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trillion sömga yetgan, bu byudjet yiliga 7,5 trillion sömni yöqotyapti degani.

Birgina aktsiz soliği tölovçilar işlab çiqariş va realizatsiya hajmini yaşirgani oqibatida 66 milliard söm soliqdan qoçilgan.

Yiğilişda yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş va soliq maʼmurçiligi böyiça poytaxt soliq organlarining işi mutlaqo qoniqarsiz ekani qayd etilgan. Masalan, qöşimça qiymat soliği tölovçilarning qariyb 30 mingi QQSning biror sömini tölamagan yoki savdo, servis va umumiy ovqatlanişdagi kassa apparatining törtdan biri işlatilmayapti.

Ayrim soliq boşliqlari tuşumni köpaytiriş örniga qöştirnoq içidagi “tadbirkor”larga “homiylik” qiliş bilan bandligi körsatib ötilgan. Masalan, şaharda ötkazilgan tekşiruvlarda 70 milliard söm soliq hisoblanmasdan qolgani aniqlangan. Sönggi ikki yilda şahar soliq idoralarining 19 nafar xodimi korruptsiya böyiça jinoiy javobgarlikka tortilgan, byudjetga 27 milliard söm zarar yetkazilgan.

Ötgan hafta Mirzo Uluğbek tumani soliq inspektsiyasining boşliği Dilşod Usmonov işdan olinib, jinoyat işi qözğatildi. U inspektsiya binosining bir qismini şaxsiy maqsadda ijaraga berib, 315 million sömni özlaştirgan, iş faoliyatida guruhbozlikka va maişatbozlikka berilgan.


Teglar:
×