Dam oliş kunlari ob-havo qanday böladi?

Dam oliş kunlari ob-havo qanday böladi?

Özgidromet 19-20 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi. 

Unga köra, dam oliş kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelişi davom etadi.

Kunduz kunlari termometr ustuni 40-43 darajagaça, janubda va çöl hududlarda 44-45 darajagaça kötariladi.

Faqat respublikaning şimoli-ğarbiy hududlarida issiq biroz pasayişi kutilmoqda. 20 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 35-38 daraja issiqni taşkil etadi.

Respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati keçalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 40-43 daraja atrofida issiq böladi.


×