“Real” samolyoti böron tufayli bir neça soat qönolmadi

“Real” samolyoti böron tufayli bir neça soat qönolmadi

Keça, 8 iyul kuni Madridning “Real” futbol klubi samolyoti AQŞning Nyuark va Nyu-York şaharlarida kuzatilgan kuçli böron tufayli bir neça soat havoda aylanişga majbur böldi. Bu haqda “El Chiringuito” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, samolyot ikki soatdan ortiq vaqt davomida qönişga urinib, lekin bunga erişa olmagan. Şuningdek, “Real” boş murabbiy Xabi Alonso iştirokida rejalaştirilgan matbuot anjumanini bekor qilişni söragan. Maʼlum qilinişiça, FIFA klubga yordam beriş uçun barça imkoniyatlarni işga solgan va samolyotning iloji boriça tezroq qönişini taʼminlaşga harakat qilgan.

“Madrid klubi Mayamidan – jamoa joylaşgan bazadan Nyuark şahriga uçib ketdi, biroq Florida ştatidagi böron tufayli parvoz bir yarim soatga keçikdi. “Qirollik klubi” manzilga dastlab rejalaştirilgan vaqtdan tört soat keç yetib bordi, oqibatda murabbiy Xabi Alonso va jamoa futbolçilari iştirokidagi öyinoldi matbuot anjumani bekor qilindi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, “Real” bugun, 9 iyul kuni Parijning “Pari Sen-Jermen” jamoasiga qarşi Klublar örtasidagi jahon çempionati yarim final uçraşuvini ötkazadi. Öyin AQŞning Nyu-Jersi ştatidagi Ist-Raterford şahridagi “MetLife” stadionida bölib ötadi va Toşkent vaqti bilan 00:00 da boşlanadi. Ğolib jamoa finalda Londonning “Çelsi” klubi bilan töqnaş keladi.


×