“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlaş yölga qöyiladi.
2025-2026 öquv yilidan tegişli taʼlim dasturlari böyiça amaliy maşğulot va laboratoriya işlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan ötkaziladi.
2025 yil 1 sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlaş yölga qöyiladi. Bunda Toşkent şahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumtaʼlim maktablari universitetga biriktiriladi va universitet:
har oyda 1 marotaba 7–9-sinf öquvçilarini ularning qiziqişlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni universitet laboratoriyalarida darsdan taşqari maşğulot sifatida öqitadi;
öquvçilarning universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelişini taʼminlaydi.









