Yaqin Şarq xavfli hududga aylanişi mumkin, şu bois AQŞ ayrim xodimlarini bu mintaqadan köçiradi. Bu haqda keça, 11 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp bayonot berdi.
“Reuters”ga köra, AQŞ Iroqdagi elçixonasidan xodimlarining bir qismini evakuatsiya qilişga tayyorlanmoqda, şuningdek, mintaqadagi harbiy bazalarda joylaşgan harbiy xizmatçilar oilalari uçun ixtiyoriy ketişga ruxsat beriladi. Bu qaror mintaqadagi xavfsizlik tahdidlarining ortgani bilan izohlangan, ammo uşbu tahdidlarning aynan nimalardan iborat ekani aniq aytilmagan.
Uşbu evakuatsiya xabarlari fonida neft narxi 4 foizdan ortiqqa kötarildi.
AQŞ Davlat departamenti Bahrayn va Quvaytdan ixtiyoriy ketişga ruxsat bergan. Departament keça, 11 iyun kuni keçqurun özining xalqaro sayohat böyiça ogohlantiruvini yangilab, tegişli bayonot berdi.
“11 iyun kuni mintaqadagi keskinlik kuçaygani sababli, Davlat departamenti favqulodda bölmagan AQŞ hukumat xodimlarini evakuatsiya qilişni buyurdi”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, Donald Tramp ham bu qaror yuzasidan izoh berdi.
“Ularni olib çiqyapmiz, çunki bu xavfli joy bölişi mumkin. Nimalar bölişini kutamiz. Biz harakatni boşlaş haqida ogohlantiriş berdik”, deydi u.
Trampdan mintaqadagi vaziyatni qanday yumşatiş mumkinligi haqida söraşganda, u şunday javob berdi: “Ular yadroviy qurolga ega bölişi mumkin emas. Juda oddiy – ular bunga ega böla olmaydi”.
AQŞ Prezidenti avval ham Eron bilan yadro dasturi böyiça muzokaralar muvaffaqiyatsiz bölsa, bu mamlakatga zarba berilişi mumkinligini bir neça bor aytgan. 11 iyun kuni bergan intervyusida esa u Eron uranni boyitişni töxtatişga rozi bölişiga tobora kam işonayotganini bildirgan.
Eron Mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda ham AQŞning harakatlariga javob berişga tayyor ekanini aytdi.
“Agar Eron hujumga uçrasa, mintaqadagi AQŞ bazalariga javob zarbalari beriladi”, dedi u.
Şuningdek, Eron armiyasi rasmiylari AQŞning hujumi ularning özlariga köproq zarar berişidan ogohlantirgan.
Şunga qaramay, AQŞning Quvaytdagi elçixonasi diplomatik vakolatxona tarkibida özgariş bölmaganini, u töliq faoliyat yuritayotganini maʼlum qildi.
Harbiy iştirok
AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy iştiroki keng – u Iroq, Quvayt, Qatar, Bahrayn va BAAda bazalarga ega. AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset Yaqin Şarqdagi harbiylar oilalari uçun ixtiyoriy ketişga ruxsat bergan. Bu asosan Bahrayndagi oilalarga taalluqli, çunki u yerda ularning aksariyati joylaşgan.
AQŞning yana bir rasmiysining aytişiça, Bağdoddagi elçixona uçun rasmiy evakuatsiya rejasi mavjud bölib, evakuatsiya tijorat reyslari orqali amalga oşirilişi rejalaştirilgan, ammo zarurat tuğilsa, harbiylar yordam berişga tayyor.
Iroq rasmiylari esa mamlakatda evakuatsiyani talab qiladigan darajada xavfsizlik tahdidi aniqlanmaganini bildirgan.
Qatardagi Al-Udeyd harbiy bazasida faoliyat davom etmoqda, evakuatsiya haqida heç qanday körsatma berilmagan. Qatardagi elçixona ham odatiy tartibda işlaşda davom etmoqda.
Keskinlik va xalqaro xavotirlar
Bağdoddagi evakuatsiya haqidagi xabarlar fonida Brent markali neft narxi 3 dollarga oşib, bir barrel uçun 69,18 dollarni taşkil etdi.
Britaniya dengiz agentligi esa mintaqadagi keskinlik harbiy harakatlarga olib kelişi mumkinligini va bu Ğarbiy Fors qöltiği, Ummon qöltiği hamda Hormuz böğozidagi kemalarga taʼsir qilişi ehtimolidan ogohlantirdi. Ular uşbu suv yöllaridan ötişda huşyorlikni tavsiya qildi.
Britaniya Taşqi işlar vazirligi voqealarni diqqat bilan kuzatayotganini va Iroqdagi elçixonasi holatini muntazam baholab borişini bildirdi.
Iroq – AQŞ va Eronning yagona umumiy şerigi bölib, u yerda 2 500 AQŞ askari joylaştirilgan. Biroq Eronga sodiq qurolli guruhlar Iroq xavfsizlik kuçlari bilan boğlangan. 2023 yilning oktyabrida Ğazo uruşi boşlanganidan beri uşbu guruhlar bir neça bor AQŞ harbiylarini nişonga olgan, ammo sönggi oylar içida hujumlar kamaygan.
Ötgan yili Isroil va Eron özaro bevosita ikki bor öt oçgan edi. Bu ikki duşman davlat örtasidagi ilk bevosita harbiy töqnaşuv bölgan. Öşanda raketalar va dronlar Iroq osmoni orqali uçgan. Isroil AQŞning mintaqadagi asosiy ittifoqçisi sifatida, Eron bilan boğliq nişonlarga Iroq va Suriyadan zarbalar bergan.
Sönggi oylar içida AQŞ mintaqaga qöşimça harbiy kuçlar, jumladan B-2 bombardimonçilarini joylaştirgan, ikkinçi aviatsiya kemasining xizmat muddatini uzaytirgan (hozirda bu kemalar olib ketilgan).
Eron va AQŞ örtasidagi navbatdagi yadro muzokaralari yaqin kunlarda ötkazilişi kutilmoqda. Tehron AQŞning sönggi taklifini rad etib, öz qarşi taklifini taqdim etişi kerak.
“Har qanday harbiy tahdid AQŞning Eron bilan muzokaradagi strategiyasining bir qismi bölib kelgan. Ammo AQŞ yoki Isroilning harbiy hujumi jiddiy oqibatlarga olib keladi”, degan eronlik yuqori martabali rasmiy “Reuters”ga.









