Joriy yilning 14 may kuni Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida maktab öquvçilari örtasida yuzaga kelgan janjal oqibatida 11-sinf öquvçisi vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Janjal tuman hududidagi 1-maktabning 3 nafar va 12-maktabning 2 nafar öquvçisi örtasida röy bergan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, ijtimoiy tarmoq – Instagram’dagi izohlar bölimida çiqqan tortişuv va haqoratlar janjalga sabab bölgan.
Şifokorlarning aytişiça, voqea joyiga yetib borilganida öquvçining biologik ölimi aniqlangan.
“Köz qoraçiğining maksimal kengayişi, yirik arteriyalar va venalarda pulsning yöqligi, böyinda şikastlaniş izlari, oğiz va burun atrofida qon belgilari kuzatildi”, deydi şifokor.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaçi tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan tanaga oğir şikast yetkaziş oqibatida ölimga sabab böliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Voqeaga aloqador voyaga yetmagan gumonlanuvçilar uşlangan va ularga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.









