«Özgidromet» bayram kunlari uçun yaxşi xabarni eʼlon qildi

«Özgidromet» bayram kunlari uçun yaxşi xabarni eʼlon qildi

Bayram kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barça viloyatlarida haroratning kötarilişi davom etadi.

Keyingi haftaning boşiga kelib, havo harorati keçalari 9-14 daraja, kunduz kunlari 25-30 daraja, respublikaning çöl hududlarida va janubda baʼzi joylarda 32-35 darajagaça kötariladi. Faqat şimolda va çöl hududlarda baʼzi joylarda şamol 15-18 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Özbekistonning toğli hududlarida ham iliq va quruq ob-havo böladi. Toğlarda harorat keçalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 darajagaça kötariladi.

Şunday qilib, tabiatda dam olişni yaxşi köradiganlar qulay ob-havodan bahramand bölişlari mumkin.


Teglar:
×