Prokuratura Özbekiston böylab dollarfuruşlarni uşlamoqda

Prokuratura Özbekiston böylab dollarfuruşlarni uşlamoqda

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod şahri bölimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan şuğullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQŞ dollarini 38,7 mln sömga sotgan vaqtida uşlanib, 3 000 AQŞ dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirğiz somi aşyoviy dalil sifatida olingan. 

Şu kabi, Departamentning Quyiçirçiq tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQŞ dollarini 24,7 mln sömga, 83 800 Rossiya rublini 12,9 mln sömga va 485 500 tengeni 13,1 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Şuningdek, Departamentning Yakkaboğ tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. fuqaro M.X.dan 3 500 AQŞ dollarini 45,1 mln sömga sotib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Gurlan tumani bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.K. “Gurlan dehqon bozori” AJ oldida fuqaro M.X.dan 350 000 Rossiya rublini 52 mln sömga sotib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Teglar:
×