Al-Haşd aş-Şaabi rahbari örinbosari Abu Mahdi Al-Muhandisning ölimini tergov qilayotgan Bağdod sudi Amerika rahbari Donald Trampni hibsga oliş töğrisida buyruq çiqardi. Bu haqda Iroq Oliy sud kengaşi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Ar-Rasaf sudining maxsus kuçlar rahbari örinbosarining öldirilişini tergov qilişga vakolatli sudyasi amaldagi Iroq Jinoyat kodeksining 406-moddasiga asoslanib, AQŞ prezidenti Donald Trampni hibsga olişga order beriş töğrisida qaror qabul qildi, — deyiladi xabarda.
Sud hukmiga köra Trampga nisbatan ölim jazosi tayinlanişi mumkin.
Işga oid materiallarda video yozuv ham bor. Unda Amerika yetakçisi zarba beriş töğrisidagi buyruqni özi berganini eʼlon qilgan.
2020 yil iyun oyida Eron hukumati AQŞ prezidentini yuqori martabali qömondon Qosim Sulaymoniyni öldirgani uçun hibsga olişga urindi. Ammo Interpol ularga rad javobini berdi. Çunki taşkilot «siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy xarakterdagi biror bir harakat yoki aralaşuvlarni amalga oşira olmaydi».









