Turkiyada Telegram messenjeri bloklanişi mumkin

Turkiyada Telegram messenjeri bloklanişi mumkin

Turkiya hukumati Telegram messenjerini narkotik moddalar sotiş, fohişabozlikni tarğib qiliş, qimor öyinlarini tarğib qiliş va bolalar pornografiyasi aks ettirilgan videolarni tarqatişda qöllanayotgani işi sababli uni bloklaş ehtimoli haqida ogohlantirdi. Bu haqda «Takvim» gazetasi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Naşrning keltirişiça, Turkiya Texnologiya va kommunikatsiyalar kengaşi Telegram boş ofisiga noqonuniy faoliyat uçun foydalaniladigan kanallarni yopiş talabi bilan mingdan ortiq ogohlantiriş yuborgan, biroq hozirça javob olmagan.

Maʼlum bölişiça, Turkiyada 8 millionga yaqin Telegram foydalanuvçisi bor va ular soni böyiça dunyoda 10-örinda turadi.

Eslatib ötamiz, 2 avgust kuni Turkiyada Instagram ijtimoiy tarmoğiga kiriş amaldagi qonunçilikni buzgani uçun bloklangan edi. 10 avgust kuni keçqurun esa Meta kompaniyasi bilan Turkiya rasmiylari talablarini bajariş böyiça kelişuvga erişilgandan söng tarmoqqa kiriş tiklandi.


Teglar:
×