Keça, 10 iyul kuni AQŞda 37 yoşli özbekistonlikka federal huquq-tartibot idoralariga yolğon bayonot bergani uçun bir oylik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Konnektikut ştatining Nyu-Xeyven şahridagi tuman prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston fuqarosi S.M 2009 yilning fevral oyida AQŞga köçib ketgan, Konnektikut ştatining Nyu-Britaniya şahrida yaşagan va 2010 yilning sentyabrida rezident sifatida qonuniy röyxatdan ötgan. U 2013 yilning 27 mayida AQŞdan Istanbulga jönab ketgan. Safar davomida u akasi Suriyadagi fuqarolar uruşida halok bölganidan xabar topgan.
Ammo Federal tergov byurosi maxsus agentlari bilan Turkiyaga qilgan safari va akasi haqida sörov bölib ötaganda, u agentlarga bir neça bor yolğon gapirgan. Jumladan, akasi tirikligi hamda Turkiya yoki Dubayda yaşayotganini, Turkiyaga qilgan safari çoğida akasi bilan uçraşgani, hatto akasi unga jönatma yuborganini aytgan. Şuningdek, u akasining qayerdaligini bilmasligini, AQŞdagi özbekistonliklarning Suriyaga jang qiliş uçun ketayotgani haqidagi gap-sözlardan bexabarligini maʼlum qilgan.
“Aslida esa uning akasi AQŞdan Suriyaga borib, fuqarolar uruşi paytida halok bölganini bilar edi”, deyiladi xabarda.
2013 yil iyul oyi boşida uning telefonidan akasining Suriyadagi bir qança video va fotosuratlari, jumladan harbiy kiyimda qurol tozalayotgani va akasining ölimidan keyingi tasvirlar topilgan.
“Hakamlar hayʼati özbekistonlikni huquq-tartibot idoralariga yolğon bayonot berganlikda aybdor deb topib, bir oylik qamoq jazosi va bir yil muddatga nazorat ostida saqlaşga hukm qilindi”, deyiladi xabarda.









