Internet orqali fohişalik qilişga jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Internet orqali fohişalik qilişga jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Qozoğiston rasmiylari internet orqali jinsiy aloqa xizmatlarini taşkil qiliş uçun jinoiy javobgarlikni joriy etişni, şuningdek, normalar işlab çiqişda “fohişalik” tuşunçasidan foydalanişni rejalaştirmoqda. Qonun hujjatlariga tegişli özgartişlar respublika parlamenti Majlisi (quyi palatasi) tomonidan maʼqullandi. 

Deputatlar “Qozoğiston Respublikasida odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunni unga qöşimçalar bilan birga ikkinçi öqişda qabul qildi. Hujjatda, xususan, fohişalik – jinsiy aloqa yoki jinsiy xarakterdagi boşqa harakatlar orqali boşqa şaxsning jinsiy ehtiyojlarini qondiriş maqsadida, şu jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetdan foydalaniş orqali jinsiy xususiyatga ega xizmatlarni pullik körsatiş tuşunçasi kiritilgan. 

“Fohişalik” taʼrifining taklif etilayotgan tahriri fohişalikning bunday turlarini, jumladan, voyaga yetmaganlarni noqonuniy jalb qilgan holda ham qamrab oliş va kelgusida taşkilotçilarni Jinoyat kodeksining bir qança moddalari böyiça javobgarlikka tortiş imkonini beradi. Bundan taşqari, qonun odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarni jinoiy javobgarlikka tortadi. Şunday qilib, odam savdosi jabrdiydalarining huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qiliş va bu boradagi xalqaro hamkorlik tamoyillari belgilab berilgan. 

Unga kiritilgan özgartirişlar Jinoyat kodeksiga jinoyatlarning yangi toifasi – odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarni kiritadi. Majburlaş usullarini kengaytiriş nuqtayi nazaridan “odamni ekspluatatsiya qiliş” tuşunçasi xalqaro konventsiyalarga moslaştirilmoqda. Bundan taşqari, yangi qonun odam savdosi bilan boğliq jinoyatlar iştirokçilari örtasida murosaga keliş imkoniyatini istisno qiladi. 

Majlis tomonidan qabul qilingandan söng qonun körib çiqiş uçun parlamentning yuqori palatasi – Senatga yuboriladi.


×