Tehron Vaşingtonni jiddiy ogohlantirdi – Axios

Tehron Vaşingtonni jiddiy ogohlantirdi – Axios

Tehron Vaşingtonga Isroil va Eron örtasidagi mojaroga aralaşsa, mintaqadagi AQŞ kuçlariga hujum qilinişi haqida xabar yetkazdi. Bu haqda Axios portali amerikalik uç manbaga tayanib xabar bermoqda.

«Eron şu hafta boşida bir qança arab davlatlari orqali Jo Bayden maʼmuriyatiga xabar yetkazdi. Unga köra, agar Qöşma Ştatlar Isroil va Eron örtasidagi mojaroga aralaşsa, mintaqadagi AQŞ kuçlariga hujum qilinadi», – deyiladi naşrda.

Avvalroq CBS News telekanali Oq uydagi manbalariga tayanib, 12 aprel kuni Isroilga qarşi Eron hujumi kutilayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Qöşma Ştatlar mumkin bölgan keskinlaşuv fonida Isroilni Eron va uning sunʼiy yöldoşlaridan kelib çiqadigan har qanday tahdidlarga qarşi turişda ittifoqçisini qöllab-quvvatlaşiga işontirmoqda.

Eslatib ötamiz, 1 aprel oqşomida Isroil harbiy-havo kuçlari Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron boş konsulligi binosiga hujum qilgan edi. Bundan taşqari, Eron elçisi Husayn Akbariyning qarorgohi ham öqqa tutilgan, biroq u jabrlanmagan. Suriya mudofaa vazirligi bayonotiga köra, raketa hujumi oqibatida konsullik binosi butunlay vayron bölgan.

Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi maʼlumotlariga köra, Isroil harbiy-havo kuçlarining hujumi oqibatida yetti zobit, jumladan ikki yuqori martabali boş maslahatçi: Suriya va Livandagi «Quds» kuçlari qömondoni Muhammad Rizo Zohidiy hamda uning örinbosari, brigada generali Muhammad Hodi Hoji Rahimiylar halok bölgan.

Tehron, öz navbatida, Damaşqdagi hujumga javob beriş, şuningdek, «tajovuzkorni qanday jazolaş»ni tanlaş huquqini özida saqlab qolganini aytgan.


×