Özbekistonda şakar qimmatlaydimi?

Özbekistonda şakar qimmatlaydimi?

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi 2024 yil 31 avgustgaça şakar va xom şakar eksportiga vaqtinçalik taqiq joriy etişi xabar qilingandi. Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Özbekistonga şakar yetkazib berişni töxtatişi respublika içki bozorida şakar narxining qimmatlaşuviga olib kelişi haqida xabarlar tarqaldi. Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi bunga munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, Özbekistonda şakar mahsulotiga bölgan yillik talab örtaça 650-700 ming tonnani, şundan aholi isteʼmoli uçun (aholi soni 36,8 mln kişi, tibbiy meʼyor böyiça 1 kişiga 9,1 kg/yil) 335 ming tonnani va oziq-ovqat sanoati korxonalari talabi uçun 300-350 ming tonnani taşkil etadi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 2 ta: “Angren Şakar” va “Xorazm Şakar” MÇJ şakar işlab çiqariş korxonalarining yillik işlab çiqariş quvvati esa 900 ming tonnadan köp bölib, bu içki bozorni talabidan ortiği bilan taʼminlaşga yetadi. Uşbu korxonalar tomonidan 2023 yilda 600 ming tonnadan ziyod şakar işlab çiqarilgan.

Şuningdek, 2023 yilda şakar importi 150 ming tonnani taşkil etib, nafaqat Rossiyadan, balki Pokiston, Qozoğiston, Tailand, Hindiston va boşqa mamlakatlardan ham şakar import qilinmoqda. 

Bunda asosan yirik sanoat korxonalari tomonidan öz ehtiyoji uçun tayyor mahsulot işlab çiqarişda xomaşyo sifatida foydalaniş maqsadida şakar import qilingan.

Rossiya Federatsiyasi tomonidan şakar eksportini çeklaş Özbekistonning içki bozorida tanqislikni keltirib çiqarmaydi, çunki respublikamizdagi yirik şakar işlab çiqaruvçi zavodlarning faoliyati Rossiya bilan boğliq emas va 2023 yilda xomaşyo, asosan, 762 ming tonna miqdorida (şakar çiqişi 98 foiz) Braziliya va Hindistondan import qilingan.

Qayd etilişiça, bugungi kunda ikkita şakar işlab çiqariş zavodlari tomonidan birjaga içki bozor uçun har kuni 2 100 tonna mahsulot çiqarilayotgan bölib, şakar köpligidan uning atigi örtaça 300 tonnasi sotilmoqda, xolos. Şakar sotilmayotganligi natijasida korxonalar bozor bahosidan ham past narxga taklif qilmoqda. Bugungi kunda (5 aprel holatiga) içki bozorda şakarning çakana narxi örtaça 13,8 ming sömni taşkil etib, 2023 yilga nisbatan 2,8 foizga oşgan.

Şakar işlab çiqaruvçi korxonalar maʼlumotiga köra, bugungi kunda yetarli (4 oylik savdo uçun) şakar va şakar xomaşyosi zaxirasi mavjud. Şuningdek, şakar işlab çiqariş uçun Braziliya mamlakatidan xomaşyo kirib kelişi davom etmoqda.

“Şunday ekan nafaqat Rossiyadan, balki boşqa mamlakatlardan ham tayyor şakar mahsuloti importi çeklansada, mahalliy korxonalar tomonidan içki talabni töla qondiriş imkoniyati mavjud”, deyiladi vazirlik bayonotida.


Teglar:
×