“Slovo Patsana” filmidagi Andrey rolini ijro etgan yoş aktyor Leon Kemstaç filmografiyadagi faoliyatini davom ettirmoqçi emas. Bu haqda “Kp.ru” naşri xabar berdi.
Bildirilişiça, yigitning asosiy sohasi aktyorlik emas. U katta ehtimol bilan diplomatiya yoki iqtisodiyot yönalişida işlaş niyatida.
Bolaning ögay otasi, aktyor Anton Bogdanovga köra, “Slovo Patsana” filmining muvaffaqiyatidan söng 15 yoşli aktyorga köplab rejissyorlardan taklif kelib tuşgan.
“Kemstaçning aktyorlik tarixini davom ettirişi aniq emas. U diplomatik faoliyat bilan şuğullanadi. Lekin hozir kinodan takliflar köp. Öylaymanki, u hali ham uç-tört yil davomida öz mehnatidan zavqlaniş uçun suratga tuşsa bölar edi. Bu uning hayotiy işiga aylanadimi yoki yöq, bunisini aniq bilmayman”, deydi Bogdanov.
Maʼlumot uçun, Leon Kemstaç işbilarmon ayol va diyetolog Laura Kemstaçning öğli. 2023 yil dekabr oyida ayol Anton Bogdanov bilan turmuş qurgan. Kemstaç aktyorlik faoliyatini 2021 yilda Artem Bogdanovning rejissyorlik debyuti bölgan "Normalniy tolko ya" oilaviy melodramasidagi roli bilan boşlagan. Şundan söng, "Slovo patsana" seriali unga katta şuhrat olib keldi.
Eslatib ötamiz, Rossiyaning "Aigel" dueti tomonidan kuylangan va serialda bir emas bir neça bor ijro etilgan "Pyala" treki film namoyişidan söng bir neça hafta davomida Şazam musiqa platformasida, şuningdek, Rossiya va MDH toplarida birinçi örinni egallab turgandi.









