Isroil Ğazo sektoridagi operatsiyalar uçun har kuni millionlab dollar sarflamoqda, deb yozadi Bloomberg.
Agentlik maʼlumotlariga köra, mamlakat HAMAS bilan uruşga har kuni 260 million dollarga yaqin mablağ sarflaydi.
«Mojaro Isroil uçun dastlab kutilganidan qimmatroq böldi va davlat byudjetiga oğirlik qilmoqda», - deyiladi materialda.
Bloomberg taʼkidlaşiça, yaqinda Isroil kelasi yil uçun byudjetni muhokama qilişi kerak. Oktyabr oyida byudjet taqçilligi 2022 yilga nisbatan yetti baravardan köproq oşganiga qaramay, Netanyahu hukumatida bahsli subsidiyalarni saqlab qoliş taklif qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, Isroil keng kölamli uruşni 7 oktyabrdan keyin, HAMAS hujumi natijasida boşladi. Mamlakat qurolli kuçlari Ğazo sektorini tinimsiz bombalamoqda.









