AQŞ Isroilga 320 million dollarlik bombalarni beradi

AQŞ Isroilga 320 million dollarlik bombalarni beradi

Isroil Qöşma Ştatlardan 320 million dollarlik yuqori aniqlikdagi GPS boşqaruvidagi Spice bombalarini oladi, deb yozadi New York Times.

Isroil armiyasi allaqaçon Ğazo sektorida şunga öxşaş bombalarni qöllagan, Qöşma Ştatlar ularni 2020 yilda yetkazib bergan.

Isroil arsenalidagi havo bombalari, birinçi navbatda, oğirligi 450-900 kg bölgan snaryadlardan iborat — ular har qanday mamlakat qurollari orasida eng oğirlaridan hisoblanadi.

New York Times maʼlumotlariga köra, uruşning dastlabki ikki haftasida taşlangan bombalarning taxminan 90 foizi aynan şunday bölgan. Mutaxassislarning va sunʼiy yöldoş tasvirlari tahliliga köra, Isroil armiyasi aholi ziç joylaşgan Jabaliya hududidagi havo hujumida kamida ikkita 900 kilogrammlik bomba işlatgan.

Pentagonning fikriça, kiçikroq bombalar Ğazoning ziç joylaşgan şaharlarida foydalaniş uçun köproq mos keladi, deb yozadi gazeta, ammo Isroil birinçi navbatda Livandagi «Hizbulloh»ning mustahkamlangan pozitsiyalariga hujum qiliş uçun möljallangan oğir snaryadlarni jamğarmoqda.

Avvalroq Isroilning Quddus va meros işlari böyiça vaziri Amixay Eliyahu Ğazo sektoriga ommaviy qirğin quroli sanalgan atom bombasini qöllaşni ehtimoliy variant sifatida körişini bildirgandi.

Sönggi maʼlumotlarga köra, Ğazo sektorida qurbon bölganlar soni ön ming kişidan oşgan. Ularning 4104 nafari voyaga yetmagan bolalardir.


Teglar:
×