Andijonda tuman prokuror örinbosari va yordamçisi, Samarqandda esa prokuror yordamçisi pora olayotganda qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Andijon viloyati Xöjaobod tuman prokuraturasi tergovçisi tuman içki işlar bölimining tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 228-moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllamaslik va tergov harakatlari davomida yengillik yaratib beriş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda tergovçi söralgan pul mablağini umumiy ovqatlaniş maskanida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov jarayonida tergovçiga uşbu pullarni oliş böyiça körsatmani tuman prokurori örinbosari bergani töliq isbotlanib, u ham qamoqqa olingan.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Pastdarğom tumani prokurori yordamçisi tuman içki işlar bölimi tergov harakatlari olib borayotgan jinoyat işida ayblanuvçi sifatida ötayotgan fuqaroga nisbatan sud jarayonida yengillik beriş va sud idoralarida işlovçi tanişlari orqali qamoqdan çiqariş evaziga, uning qarindoşlaridan 3 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Samarqand şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda, prokuror yordamçisi söralgan pul mablağidan 2500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor şaxsga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.









