Putin Qoraboğ böyiça umidini oçiq aytdi

Putin Qoraboğ böyiça umidini oçiq aytdi

Rossiya tinçlikparvar kuçlari Toğli Qoraboğdagi mojaroga aloqador barça tomonlar bilan faol işlamoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 20 sentyabr kuni Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I bilan uçraşuvda söz oçdi. 

“Bizning tinçlikparvar kuçlarimiz uşbu mojaroda iştirok etgan barça tomonlar bilan faol işlamoqda. Ular tinç aholini himoya qiliş uçun hamma narsani qilmoqdalar”, deydi u. 

Şuningdek, u, suhbat davomida Toğli Qoraboğ atrofidagi mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş yöliga ötişga umid qilayotganini oçiqlagan. 

U Rossiya tinçlikparvar kuçlarining asosiy bazasida 2000 dan ortiq tinç aholi borligi, ulardan mingdan ortiği bolalar ekanini aytgan. 

“Biz mojaroning barça tomonlari va Yerevan, Stepanakert va Baku hokimiyatlari bilan juda yaqin aloqadamiz. Umid qilamanki, biz keskinlikni pasaytira olamiz va bu muammoni hal qilişni tinç yölga ötkazamiz”, deydi Putin. 

Eslatib ötamiz, oldinroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qoraboğda “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklaş maqsadida” mahalliy aksilterror çoralari boşlanganini eʼlon qilgandi. Baku tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasi nişon emasligini taʼkidlagandi. Keyinçalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xavfli hududdan aholini evakuatsiya qiliş uçun gumanitar yölaklar va qabul punktlari yaratilganini bildirgan. Voqealar fonida Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkazib, (tan olinmagan) Toğli Qoraboğdagi vaziyatni muhokama qilgan. Majlisdan söng, Paşinyan Armaniston Ozarbayjonning Qoraboğ hududidagi harbiy amaliyotlarda qatnaşişni rejalaştirmayotganini maʼlum qildi. Frantsiya esa BMT Xavfsizlik kengaşining Toğli Qoraboğdagi vaziyat böyiça favqulodda yiğilişini talab qildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan BMT Boş Assambleyasining 78-sessiyasida Ozarbayjonning (tan olinmagan) Toğli Qoraboğdagi harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. 

AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan bilan telefon orqali muloqot qilib, tomonlarni muzokaralar stoliga çaqirdi. 20 sentyabrga kelib Ozarbayjon Mudofaa vazirligi maʼlum şartlari asosida aksilterror harakatlari töxtatilganini eʼlon qildi. 


Teglar:
×