“Namangan şahrida aholi 1 millionga yaqinlaşgan, ammo 4 ta tuğuruqxona faoliyat yuritmoqda” – Senat raisi

“Namangan şahrida aholi 1 millionga yaqinlaşgan, ammo 4 ta tuğuruqxona faoliyat yuritmoqda” – Senat raisi

Senat yalpi majlisida Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi turmuş darajasini oşiriş böyiça qilingan işlar hamda vazifalar yuzasidan olib borilgan örganişlarga töxtalib ötildi. Jumladan, Namangan şahrida soğliqni saqlaş yönalişida kamçiliklar borligi taʼkidlandi.

Maʼlum qilinişiça, bugungi kunda Namangan şahrida 750 qatnovga möljallangan köp tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat yuritayotgan bölib, şaharning 356 ming nafardan ortiq aholisiga birlamçi tibbiy sanitariya yordami körsatib kelinmoqda. Biroq tibbiyot sohasiga davlat byudjetidan mablağ ajratilib, uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib kelinayotgan bölişiga qaramasdan mazkur markaziy poliklinika binosi sönggi 10 yilda umuman kapital taʼmirlanmagan, rekonstruktsiyaga muhtoj, eşik-romlari eskirgan, isitiş tizimi taʼmirtalab holatga kelib qolgan.

Poliklinikani rekonstruktsiya qiliş masalasi Namangan viloyati 2024-2026 yillar ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturiga kiritilib, xalq deputatlari viloyat kengaşining qarori bilan maʼqullangan. Mazkur masala Senat işçi guruhining Namangan viloyatida olib borgan örganişlari çoğida deputatlar tomonidan kun tartibiga qöyilgan.

“Namangan viloyatiga safarimiz davomida hudud faollari uşbu masalani kötardi. Qolaversa özimiz ham bevosita obʼektni közdan keçirdik. Bino haqiqatan ham taʼmirga muhtoj.
Şu bilan birga mazkur yönalişda Namangan şahri aholisi uçun alohida perinatal markaz taşkil etiş masalasi ham kötarilgan edi. Maʼlum bölişiça, bugungi kunda Namangan şahar aholisi soni 1 millionga yaqinlaşgan. Şaharda bor-yöği 4 ta tuğuruqxona faoliyat yuritmoqda. 250 örinli viloyat perinatal markazi ham şu hisobda. 
Biroq şahar aholisi, jumladan tuğiş yoşidagi ayollar soni muttasil ösib bormoqda. Ötgan yilda şaharda umumiy tuğuruqlar soni 20 mingdan ziyodni taşkil etgan bölsa, joriy yilning 6 oyida salkam 12 mingtaga yetgan. Bular orasida erta tuğuruqlar ham bor. 
Aynan erta tuğuruqlar sonining köpligi, qolaversa, şahar bolalar şifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli çaqaloqlarni parvariş qiliş) bölimi ortiqça yuklama bilan işlayotgani sababli şahar tuğuruq kompleksi negizida alohida perinatal markaz taşkil etiş taklifi bildirilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur masalani atrofliça örganib, xulosa berişi zarur. Töğri, şahar hududida viloyat perinatal markazi ham joylaşgan. Lekin siğim jihatdan bugungi talabga javob beradimi, degan savol tuğiladi. Yuqorida aytganimdek, ehtiyoj yildan yilga ösib bormoqda. Aniq, obʼektiv holatni töliq oçib beradigan xulosa kerak.
Aynan erta tuğuruqlar sonining köpligi, qolaversa şahar bolalar şifoxonasidagi neonotologiya (kam vaznli çaqaloqlarni parvariş qiliş) bölimi ortiqça yuklama bilan işlayotgani sababli ham şahar tuğuruq kompleksi negizida alohida perinatal markazi taşkil etiş zarur. Lekin, mana şunday perinatal markazlarini taşkil qiliş masalalari asoratli tuğruklar va nogironlikni oldini oliş uçun örni nihoyatda katta. Aynan mana şu masala davlatimizda katta ustivor yönaliş etib belgilangan. Şuning uçun perinatal markazlarini eʼtibordan çetda qoldiriş mumkin emas”, deya taʼkidlab ötgan Tanzila Norboyeva.

Senat raisi uşbu obʼekt 2024 yildagi respublika ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturiga kiritilişi masalasi ijobiy hal etilişi maqsadga muvofiqligini bildirgan.

Teglar:
×