Senat yangi qaror tasdiqladi: Yangi Namangan tumani taşkil etildi

Senat yangi qaror tasdiqladi: Yangi Namangan tumani taşkil etildi

Namangan şahri tarkibida Yangi Namangan tumani taşkil etildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida joriy yilning 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga taşrif buyurgan edi.

Namangan viloyatining Namangan şahri tarkibida Yangi Namangan tumanini taşkil etiş taşabbusi ham ana şu taşrif mahsuli bölib, uşbu masalaning ijobiy hal etilişi hududning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib tasdiqlanadigan mahalliy dasturlarni töliq röyobga çiqarişning muhim omillaridan böladi.

Namangan şahri 1926 yilda taşkil etilgan bölib, bugungi kunda uning aholisi 640,1 ming nafarni, umumiy yer maydoni 18 ming gektarni taşkil qilmoqda.

Qayd etiş lozimki, 2019 yilda viloyatning Çortoq va Namangan tumanlaridan 57 ming nafar aholi istiqomat qiluvçi 6,3 ming gektar yer maydonlari Namangan şahri tarkibiga qöşilişi natijasida uşbu hududda yaşovçi aholining şahar markaziga qatnovida turli muammolar yuzaga keldi.

2020 yilda Namangan şahri tarkibida 4,9 ming gektar yer maydoni hamda 151 ming nafar aholini öz içiga oluvçi Davlatobod tumani taşkil etildi.

Natijada, Davlatobod tumanida bugungi kunda urbanizatsiya jarayoni jadallaşib, yangi infratuzilma obʼektlari barpo etilmoqda va aholiga xizmat körsatiş tizimi yanada rivojlanişiga xizmat qilmoqda.

Muhokama qilinayotgan Senat Qarori loyihasiga köra Yangidan taşkil etiladigan tuman hududiga 24 ta mahalla fuqarolari yiğini, 21 ta umumtaʼlim maktabi, 40 ta maktabgaça taʼlim muassasasi, 2 ta tibbiyot muassasasi va 12 ta kasalxona ötkazilmoqda.

Yangi Namangan tumanining sanoat va işlab çiqarişdagi rolini oşiriş maqsadida istiqbolda 16 ta sanoat korxonalari va 4 ta kiçik sanoat zonalari foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.

×