Oliy Majlis Senatining qirq törtinçi yalpi majlisida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça loyihalar samaradorligi muhokama qilindi.
Özbekistonda 2022 yilda yöllarni 822 mlrd sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari sifatsiz bajarilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva maʼlumot berdi. U Senatning qirq törtinçi yalpi majlisida şunday raqamlarni keltirdi va buni şaffoflik taʼminlanmagani bilan izohladi.
— Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça loyihalar asosan respublika darajasida moliyalaştirilmoqda, - dedi Norboyeva. — Bu köp hollarda loyihalar ustidan hududiy darajada nazoratni amalga oşiriş imkonini bermayapti. Davlat byudjetidan hududiy loyihalar uçun ajratilayotgan mablağlarni eʼlon qilib boriş, yaʼni şaffoflik amaliyoti yöqligi sababli uşbu loyihalardan jamoatçilik bexabar qolmoqda. Oqibatda nima bölayapti?
Ötgan yilda yöl infratuzilmasi uçun ajratilgan mablağlar doirasida hududlarda 822 milliard sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari sifatsiz bajarilgan. Tahlil qilib körilsa, bularning hammasi oçiqlik taʼminlanmaganiga borib taqaladi.
Tanzila Norboyeva suv tejovçi texnologiyalar joriy qiliş uçun ajratilgan mablağlar maqsadsiz sarflab yuborilganiga eʼtibor qaratdi.
«Hisob palatasi maʼlumotlariga köra, 2020 - 2021 yillarda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar uçun Suv xöjaligi vazirligi tomonidan subsidiya mablağlari tölab berilgan. Biroq, ajratilgan mablağlarning maqsadli va samarali işlatilişi ustidan hududiy darajada, yaʼni tuman ğaznaçiligi, mahalliy kengaş va jamoatçilik nazorati örnatilmagan. Oqibatda subsidiyalarning qariyb uçdan bir qismi (30 foiz), aniqroği 315 milliard söm amalda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilinmagan maydonlar uçun sarflangan. Har gal mahalliy kengaşlarni faol bölişga, hududda amalga oşirilayotgan loyihalar sifatini nazorat qilib borişga çaqiramiz. Hududdlardagi loyihalarga ajratilayotgan mablağlardan na mahalliy kengaş, na hududiy ğaznaçilikning xabari bölmasa, u holda qanday nazorat haqida gap ketişi mumkin?!», dedi Norboyeva.
Senat raisi Vazirlar Mahkamasi, xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu masalani jiddiy örganişi va samarali yeçimini berişi şartligini qöşimça qildi.









