Moskva viloyatida dron urib tuşirildi. Aeroportlar işi vaqtinça töxtatildi (video)

Moskva viloyatida dron urib tuşirildi. Aeroportlar işi vaqtinça töxtatildi (video)

21 avgust kuni ertalab Moskvaga yaqinlaşayotgan “Ukraina droni elektron uriş vositalari yordamida bostirildi”, deb maʼlum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi. Dron Moskva viloyatining Ruzskiy tumaniga qulab tuşgan, qurbonlar yöq, deb xabar bermoqda “TASS” harbiy idoraga tayanib.


Moskva aviauzelining Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida reyslarni qabul qiliş va jönatişga vaqtinça çeklovlar joriy etilgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan soat 06:25 dan (Toşkent vaqti bilan 08:25) boşlab reyslarning bir qismi boşqa aeroportlarga yönaltirildi, deb xabar qildi Vnukovo matbuot xizmati.


Domodedovo matbuot xizmatining “RIA Novosti”ga maʼlum qilişiça, qöşimça xavfsizlik çoralarini taʼminlaş maqsadida uşbu aeroportda ham soat 06:26 dan boşlab samolyotlarni qabul qiliş va jönatiş böyiça vaqtinça çeklovlar joriy etilgan.


21 avgust kuni ertalab Şeremetevo aeroporti kamida bitta reysni qabul qilmagan, Yekaterinburgdan uçayotgan samolyot Moskvaga yaqinlaşganda orqaga burilib, Qozonga jönatilgan. Xabar qilinişiça, uçuvçi “Moskvadagi barça aeroportlar yopilganini” aytgan.

Aeroportlar işi soat 10:30 da töliq tiklandi.

Sönggi bir neça haftada Moskva va Moskva viloyati muntazam ravişda dronlar hujumiga uçramoqda

20 avgust kuni Moskva meri va Rossiya Mudofaa vazirligi “Janub yönalişi böyiça Moskvaga dron hujumining oldi olingani”ni maʼlum qildi. 18 avgustga ötar keçasi Moskva markazidagi Ekspomarkaz hududiga havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan yöq qilingan uçuvçisiz uçoq parçalari tuşdi.

Dronlar aniqlanganda, Moskva havo uzelining aeroportlari (Vnukovo, Domodedovo, Jukovskiy va Şeremetevo), qoida tariqasida, reyslarni qabul qiliş va jönatişni vaqtinça töxtatadi.

Teglar:
×