Zaporoje AES 2022 yil mart oyidan buyon Rossiya harbiylari nazoratida.
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi Zaporoje atom elektr stantsiyasini portlatiş haqida buyruq bermoqçi, deb xabar qildi Buyuk Britaniyaning The Times gazetasi.
Naşrga köra, Putin avtoritar rahbar sifatida öz tarafdorlari nigohida nufuzi va obrösini saqlaş uçun keskin çoralar körişga majbur. Ukraina bosqini yirik strategik xato böldi. Frontda Rossiya armiyasi real yutuqlarga erişa olmayotir. Boz ustiga, 24 iyun kuni «Vagner» xususiy harbiy şirkati rahbari Yevgeniy Prigojin uyuştirgan harbiy isyon Putin hokimiyatining zaifligini körsatib qöydi.
Qayd etilişiça, rus armiyasi «vagner»çilarga deyarli qarşilik körsatmadi, Rostov aholisi esa yollanma jangçilarni qahramon kabi kutib oldi. Bularning bari Putinning «oqil va qatʼiyatli rahbar» sifatidagi nufuziga soya soldi. Hozirgi vaziyat keskin qadamlarni talab qilmoqda, deb hisoblaydi ingliz naşri.
«Putin rejimi va ayni çoqda mintaqa xavfsizligi uçun xatarli pallalar keldi. Siyosat maydonida omad quşini qaytariş va tezkor ğalaba uçun janob Putin uruşda tub buriliş yasaş vasvasasiga tuşişi mumkin... Uning armiyasi allaqaçon Kaxovkadagi gidroelektrostantsiya töğonini portlatdi (Rossiya buni tan olmay kelmoqda). Ular Zaporoje atom elektr stantsiyasini portlatişni közlayotgani ehtimoli ham katta», – deb yozadi The Times gazetasi.
Stantsiyadan rus harbiylari hamda xodimlar olib çiqib ketilayotgani uşbu gumonni yanada kuçaytirmoqda.
Ingliz naşri NATO AESni portlatiş javobsiz qoldirilmasligi haqida Moskvani qatʼiy ogohlantirişi lozim deb hisoblaydi.
Rossiya Zaporoje AESda diversion harakatlarni közlayotgani haqida Ukraina hukumati bong urib kelmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi rahbari Kirill Budanov The New Statesman naşriga bergan intervyusida Rossiya harbiylari Zaporoje AESning 4 ta bloki va sovituvçi suv havzasini minalagani haqida maʼlum qilgan. Harbiy razvedka rahbari Rossiya AESni portlatiş böyiça rejani «işlab çiqqani va tasdiqlagani»ni urğulagan. K.Budanovga köra, Rossiya ikki holatda AESni portlatişi mumkin: 1) rus armiyasi Dnepr daryosining çap sohilidan siqib çiqarilsa, Ukraina harbiylari ilgarilama harakatiga çek qöyiş uçun; 2) Ukraina qarşi hujumini töxtatiş uçun «profilaktik çora» sifatida.
Atom energetikasi böyiça xalqaro agentlik (MAGATE) boş direktori Rafael Grossi agentlik xodimlari Zaporoje AESni portlatişga tayyorgarlik holatini körmayotganini maʼlum qilgani holda, «hamma narsa röy berişi mumkinligi»ni istisno etmagan.
Ukrainaning Zaporoje viloyatida joylaşgan AES dunyodagi 8-yirik atom stantsiyasi sanaladi. 2022 yil mart oyida AESni Rossiya harbiylari işğol qilgan. 2022 yil sentyabr oyida stantsiya reaktorlari faoliyati xavfsizlik vajidan töxtatilgan.
Rasmiy Kiyev Moskva AESda yirik terakt uyuştirişga hozirlik körayotgani, yadro obʼektidagi portlaş butun Yevropa uçun oğir oqibatlar keltirişidan ogohlantirmoqda. Ukraina tomoni 29 iyundan ehtimoliy portlaş oldidan aholi iştirokida öquv maşğulotlari ötkazişni boşlagan. Rasmiy Moskva esa bu ayblovlarni rad etmoqda.









