Bugun, 23 iyun kuni Oliy Majlis Senatining qirq ikkinçi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Özbekiston-Qozoğiston Davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisi”dagi şartnomani ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonun maʼqullandi.
Muhokama çoğida senatorlar Özbekiston va Qozoğiston eng yaqin qöşnilar va vaqt sinovidan ötgan strategik şeriklar ekanini aytgan.
Hujjat Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev tomonidan uning 2022 yil 21 dekabr kuni Özbekistonga davlat taşrifi çoğida imzolangani bilan alohida ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlangan.
Şartnomaga köra, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi Davlat çegarasining demarkatsiya qilingan çiziği uzunligi 2356 kilometrdan ortiqni taşkil qilgan.
Şartnoma bilan Özbekiston-Qozoğiston Davlat çegarasini belgilaş böyiça işlar töliq yakunlandi hamda çegara xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlaş uçun eng muhim şart-şaroitlar körilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 28 mart kuni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi davlat çegarasini demarkatsiya qiliş töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni imzolagan edi.









