Qozoğiston Respublikasi markaziy gazetalarida Şavkat Mirziyoyevning katta intervyusi çop etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi. Intervyu ikki manbada, qozoğ va rus tillarida çop etilgan.
Bugun, Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga davlat taşrifi arafasida uşbu mamlakat markaziy gazetalari – “Yegemen Qazaqstan” va “Kazaxstanskaya pravda” sahifalarida davlat rahbarining bugungi Özbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka bağişlangan katta intervyusi çop etildi.









