Putin aqldan ozdimi? U “ajalning kaliti”ni Lukaşenkoning qöliga topşirmoqçi

Putin aqldan ozdimi? U “ajalning kaliti”ni Lukaşenkoning qöliga topşirmoqçi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NATOni Ukrainani harbiy qöllab-quvvatlayotgani va Ğarb bilan qarama-qarşilikni kuçaytirayotgani haqida ogohlantirib, Moskva Belarusga taktik yadro qurol joylaştirişini aytdi.

Taʼkidlaş joizki, Putin mazkur harakat yadroviy qurollarni tarqatmaslik vaʼdalarini buzmasligini aytgan bölsada, bu Rossiyaning 13 oy avval Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri eng yaqqol yadroviy signallaridan biri böldi.

Dunyoning boşqa bir yadroviy qudrati bölgan Amerika Qöşma Ştatlari esa Putinning bayonotiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölib, Moskva yadro qurolidan foydalanişni rejalaştirayotgani haqida heç qanday alomat yöqligini eʼlon qildi. 

Putin esa öz rejalarini AQŞning Yevropada öz qurollarini joylaştirişiga öxşatdi va Rossiya nazoratni Belarusga ötkazmasligini bildirdi. Ammo bu 1990 yillarning örtalaridan beri birinçi marta Rossiya bunday qurollarni mamlakat taşqarisiga joylaştirişidir.

“Bu yerda ham ğayrioddiy narsa yöq: birinçidan, Qöşma Ştatlar buni önlab yillar davomida qilmoqda. Ular uzoq vaqtdan beri özlarining taktik yadro qurollarini ittifoqdoş davlatlari hududiga joylaştirgan. Biz ham majburiyatlarimizni, taʼkidlab aytaman, yadro qurolini tarqatmaslik böyiça xalqaro majburiyatlarimizni buzmasdan xuddi şunday yöl tutamiz”, deydi Putin davlat televideniyesiga.

Maʼlumot uçun, taktik yadro qurollari şaharlarni yöq qila oladigan emas, balki jang maydonida maʼlum yutuqlar uçun işlatiladigan qurollarni anglatadi. Rossiyada bunday qurollardan qança borligi nomaʼlum.


×