Rossiya Tergov qömitasi Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi prokurori va sudyalariga nisbatan jinoiy iş qözğatdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rossiya idorasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş uçun order bergan Xalqaro jinoiy sud mansabdor şaxslarining harakatlarida bir qança jinoyatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 299-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan aybsiz şaxsni qasddan jinoiy javobgarlik tortiş böyiça jinoyat belgilarini körgan.
Eslatib ötamiz, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezidentning bolalar huquqlari böyiça komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olişga order bergan edi. Hujjatda aytilişiça, ular aholini, jumladan, bolalarni noqonuniy deportatsiya qilişdan iborat harbiy jinoyatlar va ularni Rossiyaga noqonuniy ötkazişga aloqador bölişi mumkin. Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xalqaro jinoiy sudning uşbu qarori Rossiya uçun heç qanday maʼnoga ega emasligi, hibsga oliş mumkin bölgan orderlar qonuniy kuçga ega bölmasligini aytib çiqdi. Şuningdek, Davlat Dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin hibsga olişga order beriş haqidagi qarorni Ğarbning “isterika”si deb atadi.
Maʼlumot uçun, Xalqaro jinoiy sud 1998 yilgi Rim statutiga binoan taşkil etilgan. U BMT tarkibiga kirmaydi va nizomni ratifikatsiya qilgan davlatlar oldida javobgardir. Nizomning iştirokçisi bölmagan davlatlar orasida Rossiya (imzolangan, ammo ratifikatsiya qilmagan), AQŞ (imzolangan, ammo keyinroq imzoni qaytarib olgan) va Xitoy (nizomni imzolamagan) bor.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud qoidalariga köra, ayblanuvçi şaxs Rim statutiga imzo çekkan davlatga safar qilsa, şu davlat uni uşlab, Gaagaga topşirişi şart. Özbekiston ham Rim statutiga 2000 yilda imzo çekkan, ammo hali parlament uni ratifikatsiya qilmagan.
2016 yilda Putin Rossiya XJTga aʼzo bölmasligi haqidagi farmonni imzolagan edi. Rossiya TIV maʼlumotlariga köra, bu sud unga bildirilgan umidlarni oqlamadi va xalqaro adolatning haqiqiy mustaqil organiga aylanmadi.









