AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp bir paytlar turli maşhur şaxslardan olgan 150 ta şaxsiy maktubdan iborat kitobni naşr etişga tayyorlanmoqda. Bu haqda u “Breitbart News” naşriga bergan intervyusida aytgan.
“Maktublar” nomli yangi kitobi haqida gapirar ekan, siyosatçi şunday dedi:
“Men ularning barçasini bilardim — va ularning har biri mening “oyoğimni öpardi”, hozir esa faqat yarmi buni qiladi”.
Tramp turli davrlarda, hatto prezident bölgunga qadar ham turli sohalarning taniqli vakillari bilan faol yozişmalar olib borgan. U qiroliça Yelizaveta II va malika Diana, Maykl Jekson, Klint Isvud, Opra Uinfri, Şakil O'Nil, AQŞning sobiq prezidentlari Riçard Nikson, Ronald Reygan, katta va kiçik Jorj Buş, Bill Klinton hamda Barak Obama bilan suhbatlaşgan, şuningdek, Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro, Xitoy rahbari Si Tszinpin va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan ham yozişgan.
Sobiq prezidentning öğli — kiçik Donald Trampning taʼkidlaşiça, köplab maşhurlar otasi yuqori lavozimlarga nomzodini qöyganidan keyin undan yuz ögirgan. Uning sözlariga köra, “Trampga maktublar” yulduzlarning Trampga haqiqiy munosabati va soxta mensimasligini körsatadi. Hammasi bölib 150 ta xat naşr etişga qaror qilindi.
Uning ikki yordamçisi siyosatçiga sönggi 40 yil içida xabarlarni tahlil qilişda yordam berdi. Ularni tasniflaşdi. Tramp özining maktublar töplamini haqiqiy xazina deb ataydi. Avtografsiz kitob 99 dollar, u bilan birga esa 399 dollarga baholanişi allaqaçon maʼlum qilingan.









