Şov-şuvlarga sabab bölgan ChatGPT'dan kim milliardlab pul işlaşga ulguradi?

Şov-şuvlarga sabab bölgan ChatGPT'dan kim milliardlab pul işlaşga ulguradi?

2022 yil oxirida “OpenAI” kompaniyasi dunyoga ChatGPT köp funktsiyali sunʼiy intellekt çat-botini taqdim etdi. Bot dasturlaşni amalga oşirişi, taomlar tayyorlaş böyiça maslahatlar berişi, inşolar va hattoki talabalar uçun diplom işi yozişi mumkin. Dastur butun dunyo böylab katta şuhrat qozondi va internet gigantlari sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida özlarining ustunliklarini isbotlaş zarurligini angladi.

Bozor iştirokçilari dasturda katta imkoniyatlarni körmoqda va uşbu texnologiyaga faol sarmoya kiritişga tayyorligini bildirdi. “Lenta. ru” naşri şov-şuvlarga sabab bölgan mazkur çat-botning yutuqlari, xatolari hamda kelajagi haqida maqola eʼlon qildi.

Elektron miyalar

Yuqorida qayd etilganidek, bot diplom işi kabi işlarni ham bajarişga qodir. 2022 yil oxirida AQŞ, Avstraliya, Frantsiya va Hindistondagi baʼzi universitet va maktablar talabalar öqişlarida sunʼiy intellekt yordamidan ommaviy ravişda foydalana boşlaganlaridan söng, talabalar qurilmalari va mahalliy brauzerlarda çatbotni bloklaganlarini eʼlon qildi.

AQŞning Stenford universitetida talabalarning 17 foizi imtihonlarda yoki yakuniy işlarni yozişda ChatGPT’dan foydalanişi tan olingan. Frantsiyaning Strasburg universitetida esa çatbotdan foydalaniş 20 nafar talabani şaxsan qaytadan imtihon topşirişga majbur qilgan.

Öqituvçilar, talabalar öz işlarida dasturdan hamma joyda foydalanişidan qörqişadi, bu esa tanqidiy fikrlaş va murakkab muammolarni hal qiliş qobiliyatini rivojlantirişga putur yetkazişi mumkin.

“OpenAI” kompaniyasi 2015 yilda tadbirkorlar –Ilon Mask va Sem Oltman tomonidan işga tuşirilgan. Ular davlat yoki korporatsiya emas, balki jamiyat manfaati uçun harakat qiladigan oçiq kompaniya yaratmoqçi bölgan.

Turli tadbirkorlar va vençur kapital fondlari taʼsisçilari “OpenAI”ga sarmoya kiritgan, jumladan Microsoft 2019 va 2021 yillarda dasturga milliardlab dollar sarmoya kiritgan.

ChatGPT egasi 2024 yilga kelib 1 milliard dollar işlab topişi mumkin

2023 yil yanvariga kelib ChatGPT yuklab olişlar soni böyiça eng tez ösayotgan ilova sifatida jahon rekordini örnatdi. Şundan söng, Microsoft 10 milliard dollarga baholangan yana bir yirik sarmoyani eʼlon qildi.

Dasturga qiziqişning ortişi korporatsiya kapitallaşuvini keskin oşirdi. Joriy yilning fevralida kapitallaşuv ikki trillion dollarga yetdi va Microsoft Apple’dan keyin dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.

“OpenAI”kompaniyasi 2023 yilda 200 million dollar daromad olişni, 2024 yilda esa bu daromad 1 milliard dollarga yetişini kutmoqda.

ChatGPT suhbat matnini yaratişi, turli tillarda hazil qilişi yoki faylasuf sifatida suratga tuşişi mumkin. Çatbot foydalanuvçilarga maslahat beradi, qiyin savollarga javob beradi va turli muammolarni hal qiladi.

Dastur işga tuşirilgandan bir neça kun ötgaç, milliondan ortiq odam uni sinab körgan. Baʼzilar botdan olti yoşli bolaga Santa Klaus yöqligini qanday tuşuntirişni, yana baʼzilar esa sevimli tseriyalar va boş oğriğini qanday töxtatişni söragan.

Bundan taşqari, ChatGPT dasturçilarga kod yoziş, şeʼrlar, inşolar va maqolalar yozişda yordam berişi mumkin.

Şuningdek, dastur soğliqni saqlaş şaroitida foydalaniş imkoniyatlarini beradi. Masalan, AQŞning AnsibleHealth klinikasida ChatGPT allaqaçon şifokorlar tomonidan tuzilgan hisobotlarni bemorlarga tuşunarli bölişi uçun soddalaştiriş uçun qöllanilmoqda.

Har tökisda bir ayb bor

Biroq bot foydalanuvçilari ChatGPT'da ham xato va kamçiliklar borligini payqaşgan. Masalan, dastur işqibozlaridan biri botdan “Avatar 2” filmini qayerda köriş mumkinligini söragan va unga bot film hali çiqarilmagani hamda kino 2023 yilda kassada paydo bölişini aytgan.

Şuningdek, sunʼiy intellekt internetda topilgan materiallarni qanday tuşunişi noaniqligiça qolmoqda. Foydalanuvçilar bot haqiqat va noaniq maʼlumotlar örtasidagi farqni tuşunişiga işonçlari komil emasligini bildirgan.

Orqaga qaytiş yöq – Bill Geyts

Soha mutaxassislari Meta va Amazon kabi global texnologiya gigantlari tomonidan ChatGPT'ga öxşaş dasturlarni yaratiş matnlar, musiqa va videolarni yaratuvçi bir qator mutaxassislarning işiga tahdid solişi mumkinligidan qörqadi.

ChatGPT kiçik va yirik kompaniyalarda turli lavozimlar uçun intervyularni muvaffaqiyatli topşirişga qodir ekani haqidagi xabar esa hayratni kuçaytirdi.

Sunʼiy intellektning rivojlanişi oqibatida dasturçilar, maʼlumotlar tahlilçilari, moliyaviy maslahatçilar, advokatlar, marketologlar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bölgan talab kamayib borişi kutilmoqda.

Roçester texnologiya instituti xodimi Pengçeng Şining fikriça, ChatGPT hozirgi versiyasida ham baʼzi kamçiliklarga ega bölişiga qaramay, öqituvçilar örnini egallaşi mumkin.

Bozor iştirokçilari ChatGPT texnologiyasi dunyoni özgartirişiga işonçlari komil. Microsoft asosçisi Bill Geyts uşbu çatbotning yaratilişini internet ixtirosi kabi uni ham muhim deb bilişini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq ChatGPT özi nima ekani, yaratiliş tarixi va imkoniyatlarida haqida maqola eʼlon qilgan edik.


×