Şanba va yakşanba kunlari keçasi ayrim hududlarda havo harorati -10 darajagaça tuşadi. Yomğir va qor şaklida yoğingarçilik kutilmoqda.
Özgidromet xabariga köra, bugun respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga va keçga tomon qolgan hududlarga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Bugun va ertaga respublika böyiça baʼzi joylarda şamol 15-20 m/s.gaça kuçayişi kutilmoqda.
Şanba, 25 fevral kuni Özbekiston böyiça yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, toğ oldi va toğli hududlarda baʼzi joylarda qor yoğadi, vaqti-vaqti bilan kuçli böladi. Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida keçasi va ertalab biroz qor yoğadi Faqat Qoraqalpoğiston böyiça quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati pasayadi va köpçilik hududlarda keçasi va kunduzi 0...+5 daraja, şimolda keçasi -10...-5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja atrofida böladi.
26 fevral kuni Özbekistonning barça hududlari böyiça quruq va kam bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida harorat keçasi -5...-2 darajagaça pasayadi. Kunduzi quyoş hisobiga havo harorati +7...+12 darajagaça kötariladi.
Respublika böyiça baʼzi joylarga tuman tuşişi mumkin. Uşbu kunlarda respublikaning toğli hududlarida qor köçişi xavfi bor.
Poytaxtda bugun keçga tomon biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati +16...+18 darajagaça böladi.
Şanba kuni vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik böladi. Tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati keçasi va ertalab +3...+5 darajani taşkil etadi, kunduzi 0...+2 darajagaça pasayadi.
Yakşanba kuniga kelib, yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçasi -4...-2 daraja, kunduzi +8...+10 daraja böladi.









