Olimlar mamlakatlarni zilzila bölişidan 2 kun oldin ogohlantirgan

Olimlar mamlakatlarni zilzila bölişidan 2 kun oldin ogohlantirgan

Niderland seysmolog olimi Frank Hogerbits Turkiyaning janubi-şarqi, unga qöşni Suriya, Iordaniya va Livan bilan çegaradoş hududlarida yaqin kunlarda 7,5 magnitudalik kuçli zilzila bölişini voqeadan ikki kun oldin prognoz qilgan. Bu haqda u özining Twitter sahifasida yozib qoldirgan.

2 fevral kuni esa Niderlandiyada joylaşgan SSGEOS – Seysmik faollik bilan boğliq samoviy jismlar örtasidagi geometriyani monitoring qiliş ilmiy-tadqiqot instituti 4 fevraldan 6 fevralgaça ehtimol 6 darajagaça yoki undan yuqori darajaga qadar katta seysmik faollik bölişi mumkinligini hatto video tarzida tuşuntirib ham bergan.

Köplab turkiyaliklar uning bu ogohlantirişiga mamlakat nima uçun oldinroq eʼtibor qaratmaganidan ğazabda.

“Buni qayerdan bilasiz? Nega davlatlar çoralar körmayapti? Siz bu hodisani 2 kun oldin bilgansiz. Ular siz kabi olimlarga işonişlari kerak edi”, deya tvit izohini qoldirgan Turkiyaning Kelajak partiyasi maʼmuriy va moliyaviy masalalar maslahatçisi Ömer Aydoğmuş.

Seysmolog olim Frank Hogerbits prognozlari töğri bölib çiqqaç, u yana hamdardlik ruhida Twitter’da izoh qoldirgan.

“Turkiya markazidagi halokatli zilziladan jabrlangan hammaga hamdardligimni izhor etaman. Oldin ham taʼkidlaganimdek, 115 va 526-yillardagiga öxşaş yer silkinişi uşbu hududda yana sodir bölişi kutilgandi. Biz boşdan keçirgan bu zilzilalar köpinça sayyoramizning qiyin geometrik tuzilişi tufayli kelib çiqadi”, degan olim.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 284 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.


Teglar:
×